🗣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2025-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul e’lon qiladi (ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun).
Ixtisosliklar shifri va nomi:
🔷 08.00.04 -“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”
Talab etiladigan xujjatlar:
✅Ariza. ✅Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda). ✅Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun). ✅Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi. ✅Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis). ✅Pasport nusxasi. ✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa). ✅IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar.
Shuningdek, Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha
✅Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi. ✅Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi. ✅Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis). Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim https:// (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi. Hujjatlar 2024-yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko’chasi 2-uy. Ma’lumot uchun telefon: (99) 981-09-19