Capacity building center tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan “Ilmiy tadqiqot mahorati. Xalqaro loyiha va grantlar” o’quv kursi (16.10.2023 – 20.10.2023)ga tashrif qilgan tinglovchilar faoliyati haqida

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 iyuldagi „Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida“gi 216-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Capacity building center (CBC) tarmoq markazi tomonidan “Ilmiy tadqiqot mahorati. Xalqaro loyiha va grantlar” o’quv kursi tashkil qilindi. Kursda Respublika ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab-chiqarish birlashmalari va Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari tinglovchi sifatida qatnashishdi.

   Tinglovchilarga xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar  hamda xorijda malaka oshirgan mahalliy ekspertlar dars berdilar.

    O’quv kursi davrida tinglovchilar tomonidan Mustaqil ishlar bajarilib, CBC tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan Xay’at oldida prezentatsiyalar qilindi.

    Kursni muvaffaqiyatli bitirgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.