“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi!
Bugun Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universitetida talabalar o‘rtasida qiziqarli va bellashuvlarga boy “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilim, tezkorlik va jamoaviy fikrlash bo‘yicha o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
🏆 O‘yin yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Lawyers jamoasi
🥈 2-o‘rin — The Boys jamoasi
🥉 3-o‘rin — Number Ones jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy tabriklaymiz! 🎉👏
Barcha ishtirokchilarga kelgusi bellashuvlarda omad va zafarlar tilaymiz! 🚀