Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida ilmiy unvon va darajaga ega professor-o‘qituvchilar soni izchil oshib bormoqda. Bu – universitetning akademik salohiyati, ilmiy tadqiqotlar va pedagogik faoliyatning barqaror rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Oliy attestatsiya komissiyasi tavsiyasiga binoan, universitetimiz pedagog xodimlariga muntazam ravishda ilmiy unvonlar berilmoqda. Bu jarayon ilmiy salohiyatni mustahkamlash va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan, universitetimizning faol xodimi Ravshan Asamovni Iqtisodiyot nazariyasi (08.00.01) ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgani munosabati bilan samimiy tabriklaymiz. Ushbu yutuq uning fidoyiligi va ilmiy faoliyatiga berilgan munosib bahodir.