Xalqaro Qishloq Xoʻjaligi Universiteti Maʼnaviyat va Maʼrifat bo‘limi boshlig‘i R. Asamovning malaka oshirish oʻquv kursida ishtiroki haqida


Mazkur kurs 2025-yil 17-20-fevral kunlari Toshkent shahar va Toshkent viloyatida, 24-27-fevral kunlari esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mutasaddilari uchun tashkil etildi. Ushbu malaka oshirish kursida Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti Ma’naviyat va Ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. Asamov faol ishtirok etdi.

Malaka oshirish kursi doirasida:
✔️ Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar muhokama qilindi.
✔️ Yoshlarga ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning zamonaviy usullari o‘rganildi.
✔️ Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish strategiyalari ishlab chiqildi.
✔️ Respublikada ma’naviyat targ‘iboti bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar tahlil qilindi.
✔️ Ta’lim muassasalarida ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishidagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlaganligi munosabati bilan Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti Ma’naviyat va Ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R. Asamovga maxsus sertifikat topshirildi.

Mazkur malaka oshirish kursida olingan bilim va tajriba Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi.

Go to Top