📣 MA'NAVIYAT SARI BIR QADAM!

2026-yil 25-yanvar kuni Xalqaro Qishloq Xo‘jaligi Universiteti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Alisher Navoiy” nomidagi Davlat akademik katta teatriga tashrif buyurishdi.

Ushbu madaniy tadbir talabalar uchun yuksak badiiy didni shakllantirish, milliy va jahon san’ati durdonalari bilan yaqindan tanishish, ma’naviy dunyoqarashni boyitish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Bunday tashriflar yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

✨ Ma’naviyatli yoshlar — porloq kelajak garovi!

Go to Top