
E'lon
Assalomu alaykum hurmatli ilmiy seminar a’zolari
2025 yil 11-mart (seshanba) kuni, soat 15:00dan boshlab Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, 3-qavat 302-xonasida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzuridagi PhD.05/15.12.2022.I.155.01-raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy seminar majlisining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibidagi asosiy masala
Yaqubova Xurshida Uraqovnaning «Dehqon xo‘jaliklarini kreditlash tizimini takomillashtirish» mavzusidagi 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining muhokamasi
Ilmiy rahbar:
Farmanov Toʼlkin Xayitmurodovich
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
Nazarkulov Umidjon Rakhimjanovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Korporativ iqtisodiyot va boshqaruv” kafedrasi dotsenti, i.f.d
Karimov Aziz Akmalovich Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Baholash va tahlil bo‘limi boshlig‘i, i.f.d
Ish bajarilgan tashkilot:
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi
PhD.05/15.12.2022.I.155.01-raqamli Ilmiy kengash asosidagi Bir martalik Ilmiy seminar kotibi
B.A.Abdusattorov