📣📣 DIQQAT E’LON 📣📣
🗣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2025-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul e’lon qiladi
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun).
Ixtisosliklar shifri va nomi:
🔷 08.00.04 -“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”
Talab etiladigan xujjatlar:
✅Ariza.
✅Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
✅Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
✅Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
✅Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
✅Pasport nusxasi.
✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
✅IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar.
Shuningdek, Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha
✅Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
✅Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
✅Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis).
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim https:// (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Hujjatlar 2024-yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko’chasi 2-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (99) 981-09-19