Information about the activities of participants of the 6th group, attended training course "Leadership in the field of agriculture. Business Strategy" (27 – 31.05.2024) organized by the Capacity Building Center

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligiga fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashuvi orqali sifat va samaradorlikni oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 216-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Capacity Building Center (CBC) tomonidan “Qishloq xo‘jaligi sohasida liderlik. Biznes strategiyasi” o‘quv kursi (27 – 31.05.2024) tashkil etildi. Kursda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar va butun O‘zbekiston bo‘ylab fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Xorijiy mamlakatlar professor-o‘qituvchilar (Doc.S.WrobleWski, Mag.Eder Ted) va xorijda faoliya yuritib kelgan mahalliy mutaxassislar (Doc.M.Aminova, Doc.B.Egamberdiyev, Magistr.R.Axmedova) ishtirokchilarga dars berishdi.

O‘quv kursida asosan rahbarlar, liderlar va xodimlarning jamoa va kompaniya ichida muvaffaqiyatli ishni tashkil etishdagi o‘rni haqida mashg’ulotlar olib borildi.

O‘quv kursi davomida ishtirokchilar CBC tarmoq markazi Xay’ati oldida mustaqil ishlar yozib, taqdimotlar qilishdi.

Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga Sertifikatlar topshirildi.

Capacity Building Center tomonidan tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligida liderlik. Biznes strategiyasi” (27 – 31.05.2024) o‘quv kursida qatnashgan 6-guruh ishtirokchilari faoliyati haqida ma’lumot.

   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-216-sonli qarori 6-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida
2023 yil 18– 22 dekabr kunlari CBC tarmoq markazi tomonidan “Ilmiy-tadqiqot mahorati. Xalqaro loyihalar va grantlar” mavzusida o’quv kursi tashkil etildi.

   Kursda Qishloq xoʼjaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-loyiha institutlari va ilmiy-ishlab-chiqarish birlashmalarining doktorantlari, ilmiy xodimlari, shuningdek ilmiy-tadqiqot, loyihalar va grantlar bilan shug’ullanayotgan mutaxassislari tinglovchi sifatida qatnashdilar.

   O’quv kursida asosan ilmiy tadqiqot mahorati, yuqori reytingga ega bo’lgan xalqaro jurnallarda (Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Gollandiya va boshqa mamlakatlar) maqolalar tayorlash, ro’yhatdan o’tkazish va chop etish masalalari ko’rildi. Shuningdek, o’quv kursida xalqaro loyihalar va grantlarni yutib olish va ular ustida ishlash bo’yicha keng ma’lumotlar berildi.

   O’quv kursi yakunida tinglovchilar tomonidan Mustaqil ishlar bajarilib, CBC tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan Xay’at oldida presentatsiyalar qilindi.

  Kursni muvaffaqiyatli bitirgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi. O’quv kursi yakunida tinglovchilarning fikrlari eshitildi. Haqiqatdan o’quv kursi bugungi kunda ilmiy yo’nalishdagi xalqaro talablarni bajarishga qaratilganligi bildirildi.

   Shuningdek, tinglovchilar tomonidan yangi 2024 yilning yanvar-fevral oylarida doktorantlar, ilmiy xodimlar, grant va loyihalar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun “Xalqaro ilmiy jurnallarda chop etish uchun maqolalar tayorlash, ro’yhatdan o’tkazish va chop etish” mavzusida o’quv kursini tashkil etish taklifi kiritildi. Ushbu o’quv kursi doktorantlar, ilmiy xodimlar va grant va loyihalar bilan ishlovchi mutaxassislarga juda ham kerakligi qayd etildi. O’quv kursida ilmiy materiallarni ishlash va qayta ishlash uchun yangi dasturlar qo’llanilishi (statistik analizlar) ni o’rgatilishi Xalqaro jurnallar uchun maqola tayorlashga juda kerakligi aytildi.